icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasi bilan tanishdi

22.04.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrifi dasturi doirasida 22-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlarni borib koʻrdi.

MES-2026 diqqat markazida ekologik siyosatga kompleks yondashuvni aks ettiruvchi sakkizta ustuvor yoʻnalish turibdi: iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligi va ekotizimlar barqarorligini taʼminlash, tabiiy xavf-xatarlarga moslashish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish, havo ifloslanishini kamaytirish va chiqindilarni samarali boshqarish, ekologik maqsadlarga erishish mexanizmlarini rivojlantirish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, adolatli va inklyuziv “yashil” oʻtish, ekologik hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish. Sammit kun tartibi barqaror rivojlanishning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ham qamrab olgan.

Tadbirda ishtirok etayotgan mamlakatlarning milliy pavilyonlarida ularning ushbu yoʻnalishlardagi yutuqlari va kelgusi rejalari namoyish etilmoqda.

Interfaollik va multimedia elementlariga ega koʻrgazma-taqdimot maydoni shaklida barpo etilgan Oʻzbekiston pavilyoni mamlakatimizning ekologiya, iqlim oʻzgarishi va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi sohalaridagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Shuningdek, ekspozitsiya Oʻzbekistonning ekologiya sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshayotgan hissasini namoyon etadi.

Oliy martabali mehmonlarga ekologik taraqqiyotning zamonaviy modelini shakllantirishga qaratilgan asosiy tashabbuslarni oʻz ichiga olgan ekspozitsiya taqdim etildi. “Chiqindisiz hudud”, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Ekomadaniyat”, “Biomeros” va “Ekologik taʼlim” kabi umummilliy loyihalar shular jumlasidan.

Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT tuzilmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo