19.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzining yorqin isteʼdodi, yuksak professional mahorati va izlanuvchanligi, samarali ijodiy faoliyati bilan mamlakatimizda kino sanʼatini rivojlantirish va jahon miqyosida targʻib etish, xalqimizning badiiy-estetik va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgani, Fransiyaning Kann shahrida oʻtkazilgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin – Gran-prini qoʻlga kiritgani, milliy qadriyatlarimizni aks ettiradigan badiiy obrazlarni yaratish, yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasidagi xizmatlari uchun quyidagilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlansin:
Qodirov Suhrob Tolmasovich – erkin ijodkor, ssenarist, kinorejissyor;
Usmonov Dilshodbek Xolmurod oʻgʻli – S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali talabasi, kinorejissyor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


