icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bunyodkorlik loyihalari bilan tanishildi

20.05.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev turli sohalaridagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbariga Andijon viloyati Bobur shahrida barpo etiladigan meʼmoriy ansambl tarkibida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga bagʻishlangan muhtasham haykal oʻrnatish loyihasi taqdimot qilindi.

Buyuk ajdodimiz xotirasini munosib ulugʻlash, uning boy ilmiy-adabiy merosi, davlatchilik tafakkuri va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan beqiyos hissasini yosh avlodga chuqur yetkazish maqsadida ushbu yodgorlikni alohida mazmun va badiiy yechim asosida yaratishga alohida berilmoqda.

Prezidentimizga boʻlajak haykalning eskizlari, kompozitsion yechimi va Bobur siymosini aks ettirish boʻyicha ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, buyuk tarixiy shaxs obrazi yurtimiz olimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar, koʻplab tarixiy manbalar, qoʻlyozmalar, miniatyuralar va madaniy meros namunalarini chuqur oʻrganish asosida yaratilmoqda.

Shu bilan birga, Prezidentimizning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomobod shahridagi bogʻlardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan atalgan edi. Mazkur bogʻda ham buyuk ajdodimizga oʻrnatiladigan haykal loyihasi koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari yodgorliklarni yaratishda Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini nafaqat buyuk adib va shoir, balki mohir sarkarda, qudratli davlat asoschisi va donishmand hukmdor sifatida teran ochib berish zarurligini taʼkidladi. Uning irodasi, davlatchilik salohiyati, yuksak maʼnaviyati va bunyodkorlik gʻoyalari haykalning umumiy qiyofasida yaqqol ifoda topishi lozimligi qayd etildi.

Prezidentimizga Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, Buxoro shahrida turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish, tumanlardagi madaniyat uylarini modernizatsiya qilish yuzasidan ishlab chiqilayotgan loyihalar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Davlatimiz rahbari loyihalarni yanada takomillashtirib, ilg‘or tajriba asosida puxta ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo