18.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniDavlat boshqaruvi organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib etish borasidagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining qutlug‘ 90-yilligi munosabati bilan «Mehr va muruvvat» jamoat fondi raisi To‘rayev Aziz Oppoqovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


