icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

22.06.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish va investorlar uchun qulay muhit yaratish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda kapital bozorini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻtgan oyda mamlakatimiz moliyaviy hayotida ulkan voqea roʻy berdi. Ilk bor London va Toshkent fond birjalarida Milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyalari birlamchi ommaviy joylashtirildi. Bu iqtisodiyotimizning xorijiy sarmoya uchun ochiq va ishonchli maydonga aylanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Taʼkidlanganidek, xalqaro investorlar Oʻzbekiston kapital bozoriga qiziqishini oshirmoqda. Ayniqsa, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro moliyaviy institutlar oʻz obligatsiyalarini milliy valyutada mahalliy fond bozorida chiqarishga qiziqish bildirmoqda.

Buning uchun zamonaviy infratuzilma, xalqaro standartlarga mos huquqiy rejim, soliq imtiyozlari, eng muhimi, biznes yuritishning ishonchli va shaffof muhitini shakllantirish zarurligi qayd etildi.

Shu bois, xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda yangi tahrirdagi “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. 16 ta bob va 123 ta moddadan iborat ushbu hujjat kapital bozorini zamonaviy bozor normalari asosida tartibga solish, investorlar huquqini himoya qilish, bozor infratuzilmasini mustahkamlash va yangi moliyaviy vositalarni joriy etishga qaratilgan.

Qonun loyihasida xalqaro amaliyotda keng qoʻllaniladigan yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish nazarda tutilmoqda. Xususan, Xalqaro derivativlar va svoplar assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq, mamlakatimizda opsion, svop, fyuchers va forvard kabi hosila moliyaviy vositalar, shuningdek, netting shartnomasi asosida bitimlar tuzish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Banklar tomonidan garov bilan qoplangan obligatsiyalar va ipoteka kreditlari majburiyatlari asosida maxsus obligatsiyalar chiqarishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu banklar uchun uzoq muddatli resurslarni jalb qilish, ipoteka bozorini rivojlantirish va aholi uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Islom moliyasi vositalarini joriy etishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Yurtimizda ilk bor sherikchilik, ijara, savdo va agentlik sukuki kabi islom moliyasi turlarini oʻz ichiga olgan “sukuk” qimmatli qogʻozlarini chiqarish shartlari belgilanmoqda.

Taqdimotda qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining vakolatlari kengaytirilib, unga dividendlarni markazlashgan holda toʻlash, xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlari ochish huquqi berilmoqda.

Shuningdek, moliyaviy tashkilotlar tomonidan mijozlarning qimmatli qogʻozlarini saqlash, hisobini yuritish va ular bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha professional xizmatlar joriy etiladi. Chet ellik nominal saqlovchilar uchun mahalliy bozorga kirish tartibini soddalashtirish orqali xorijiy institutsional investorlarni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi.

Regulyator vakolatlarini xalqaro talablar va standartlarga muvofiqlashtirish ham nazarda tutilmoqda. Bu bozor ishtirokchilari faoliyatini samarali nazorat qilish, axborot oshkoraligini taʼminlash, qonunchilik buzilishi holatlariga tezkor munosabat bildirish va investorlar huquqini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Milliy korxonalar aksiyalarini xalqaro moliya bozorlariga joylashtirish va investorlarning aktivlarini ishonchli himoya qilish maqsadida 10 dan ziyod qonun va kodekslarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Prezidentimiz kapital bozori iqtisodiyotga uzoq muddatli resurslarni jalb qilish, korxonalarni transformatsiya qilish va xususiy investitsiyalar oqimini kengaytirishda muhim manba ekanini taʼkidladi.

Mutasaddilarga yangi tahrirdagi “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini xalqaro hamkorlar bilan muhokama qilish, bozor infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish va soha uchun kadrlar tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo