icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar

09.07.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko muzokaralar yakunlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoga samimiy qabul va iliq mehmondoʻstlik uchun chin dildan minnatdorlik bildirib, Belarus xalqini yaqinda nishonlangan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Ushbu rasmiy tashrif Oʻzbekiston – Belarus munosabatlari rivojida tarixiy voqea ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Jumladan, Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning imzolangani sammitning asosiy natijalaridan biri boʻldi.

Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, mazkur hujjat davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochib, tomonlarning koʻp qirrali sheriklikni uzoq muddatli rivojlantirish borasidagi qatʼiy intilishini tasdiqlaydi.

Muzokaralarga katta tayyorgarlik koʻrilgani ularning muvaffaqiyatli oʻtishida muhim omil boʻlgani qayd etildi.

Tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlari, siyosiy maslahatlashuvlar, uchinchi Hududlararo forumi, Oʻzbekiston madaniyati kunlari hamda tahliliy doiralar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar.

Sammit oldidan tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni hamda ustuvor sohalardagi yangi loyihaviy tashabbuslarni qamrab olgan kompleks reja qabul qilindi.

Bunda qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, mikroelektronika, toʻqimachilik, mebelsozlik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirish nazarda tutilgan.

Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi va turdosh infratuzilmani qurishda Belarus tajribasini qoʻllash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchinchi Oʻzbekiston – Belarus Hududlararo forumining yakunlari yuqori baholandi. Forum ishida Oʻzbekistonning 230 nafarga yaqin tadbirkorlari ishtirok etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, ShHT va Qoʻshilmaslik harakati kabi mintaqaviy hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda turizm sohalaridagi faol almashinuvlar davom ettiriladi.

Davlatimiz rahbari Minsk shahrida Oʻzbekiston – Belarus doʻstligi xiyobonini barpo etish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.

Joriy yilda navbatdagi tibbiyot, taʼlim va turizm forumlarini tashkil etishga ahdlashib olindi.

Yakunda bugungi tarixiy tashrif natijalari strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hamda ikki mamlakatning barqaror rivojlanishi va farovonligiga har tomonlama xizmat qilishi taʼkidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo