icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Toskana viloyati bilan hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini taʼkidladi

14.07.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston – Italiya strategik sherikligini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. Hududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Barcha darajalarda ikki tomonlama muloqotlar faollashgani va hamkorlikning asosiy koʻrsatkichlari izchil oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon oʻzaro savdo hajmi 25 foizga oshdi. Oʻzbekistonda metallurgiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, kimyo sanoati hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida Italiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston va Toskanani koʻp asrlik tarixiy va madaniy aloqalar bogʻlab turishi taʼkidlandi. Buyuk ipak yoʻli davrida Florensiya bilan Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari oʻrtasida faol savdo-sotiq qilingan, florensiyalik savdogar va diplomatlar esa Amir Temur saroyida qabul qilingan.

Bugungi kunda Toshkent shahrida Piza universitetining filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda mazkur filial mehnat bozoriga ilk bitiruvchilarni chiqaradi. Prato shahrida mamlakatimizning toʻqimachilik mahsulotlari savdo uyi ishlamoqda. 2024-yilda Florensiyadagi Uffitsi galereyasida yurtimizning avangard sanʼati asarlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Toskana viloyati bilan toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va zargarlik sanoati, qurilish hamda taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish katta salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Toskana va Buxoro viloyati oʻrtasida sheriklik aloqalarining rivojlanayotgani hamda hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangani yuksak baholandi.

Uchrashuv yakunida Toskana bilan mamlakatimiz hududlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Toskana Italiyaning eng iqtisodiy rivojlangan hududlari qatoriga kiradi va kuchli sanoat salohiyati, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, zamonaviy qishloq xoʻjaligi, jahonga mashhur vinochilik hamda turizm tarmogʻiga ega.

Viloyatning maʼmuriy markazi – Florensiya esa jahon madaniyati, ilm-fani va sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan Uygʻonish davrining umumeʼtirof etilgan “beshigi” hisoblanadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo