24.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlarining Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan samarali hamkorligi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash, sanoat kooperatsiyasi, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish boʻyicha faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.


