Oʻzbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg shahri bilan oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi
24.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Aleksandr Beglov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
“Yoʻl xaritasi” asosida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qoʻshma choralar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.


