icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi koʻrib chiqildi

13.08.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi.

Mamlakatimizda anʼanaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni oʻylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita oʻrganish, ularga amaliy yechim topish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boʻlajak oltinchi ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 15-maydan boshlab 50 dan ortiq vazirlik va idora vakillaridan iborat respublika shtabi tashkil etilgan. Shtab 24/7 rejimda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

Koll-markaz va rasmiy botlar orqali tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning 4,2 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi, 1,8 mingga yaqinini koʻrib chiqish davom etmoqda.

Tayyorgarlik doirasida masʼul tashkilotlar tomonidan 750 dan ziyod uchrashuv oʻtkazilib, ularda 8,8 mingdan ortiq tadbirkor ishtirok etdi va 3,5 mingdan ziyod taklif hamda masalalar bildirildi.

Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan 130 dan ortiq uchrashuvda esa 5,7 mingdan ziyod tadbirkor qatnashib, 1,5 mingga yaqin masalani oʻrtaga tashladi. Aniqlangan muammolarni tubdan hal qilish va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqilmoqda.

Shu bilan birga, respublika boʻyicha 5 ming 72 nafar tadbirkor oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. U orqali korxonalar samaradorligi, investitsiya va infratuzilma taʼminoti, soliq maʼmurchiligi, tashqi savdo hamda sud-huquq sohasidagi masalalar oʻrganildi.

Soʻrov ishtirokchilarining 93 foizini mahalliy xususiy korxonalar tashkil etdi. Unda savdo, xizmat koʻrsatish, sanoat, qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalari qamrab olindi.

Tahlillar korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish va tannarxni pasaytirish boʻyicha hali katta imkoniyatlar borligini koʻrsatdi. Raqamli platformalar, sunʼiy intellekt, energiya tejamkor texnologiyalar, yangi mahsulot va ishlab chiqarish usullarini joriy etgan korxonalarda sotuv, raqobatbardoshlik, ish haqi va investitsiya koʻrsatkichlari yuqori boʻlmoqda.

Xususan, kamida uchta samaradorlik chorasini joriy etgan korxonalarda tannarxni pasaytirish ehtimoli 4,1 barobar, ish haqini yuqori surʼatda oshirish imkoniyati 2,1 barobar koʻp. Biroq bunday choralarni uch va undan ortiq yoʻnalishda qoʻllayotgan korxonalar ulushi atigi 11,6 foizni tashkil etgan. 28,5 foiz korxona esa bu borada birorta ham chora koʻrmagan.

Korxonalarning 51 foizida soʻnggi davrda yangi mahsulot, xizmat yoki innovatsiya joriy etilmagan, modernizatsiya ishlari amalga oshirilmagan. 40 foiz korxona oxirgi bir yilda umuman investitsiya kiritmagan, 29 foizida kelgusi bir yil uchun ham bunday reja mavjud emas. Kredit foizlarining yuqoriligi, garovni past baholash, hujjatlarning koʻpligi va kredit rasmiylashtirish muddatlarining uzoqligi asosiy toʻsiqlar sifatida koʻrsatilgan.

Soʻrov natijalariga koʻra, korxonalarning 38 foizi tannarxni pasaytirish choralarini koʻrmagan. 53 foizida mahsulot va xizmatlar tannarxi oshgan. Bunga asosan xomashyo narxi, energiya va logistika xarajatlarining koʻpayishi sabab boʻlmoqda. Shuningdek, 43 foiz korxona energiya tejash choralarini koʻrmagan, 49 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanmaydi.

Infratuzilma ta’minoti ham tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. So‘rovnomada tadbirkorlar tez-tez uzilishlar, kuchlanish va bosimning pastligi, limit hamda tariflar bilan bog‘liq masalalarni qayd etgan.

So‘rov ishtirokchilari soliq ma’murchiligi bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilganini e’tirof etgan holda, tekshiruvlar o‘tkazish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bilan bog‘liq jarayonlarda mavjud muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. Shu bilan birga, tadbirkorlarning 94 foizi barqarorlik reytingi amaliyotining ular faoliyatiga ta’sirini yuqori baholagan.

Soʻrovda qatnashgan korxonalarning 22,3 foizi tashqi savdo bilan shugʻullanadi. Xorijlik mijoz topish, mahsulotni sertifikatlash, logistika, moliyaviy vositalar, bojxona jarayonlari, bozor haqida maʼlumot va marketing koʻnikmalarining yetishmasligi eksportdagi asosiy toʻsiqlar sifatida koʻrsatilgan.

Sud-huquq sohasida malakali yuridik yordam olish imkoniyati va davlat xaridlari shaffofligi ijobiy baholangan. Ayni paytda tadbirkorlarning 73 foizi majburiy ijrodagi byurokratik jarayonlar biznesga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini bildirgan.

Davlatimiz rahbari kelib tushgan murojaatlar va soʻrov natijalarini hududlar hamda sohalar kesimida chuqur tahlil qilib, tadbirkorlik rivojiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar boʻyicha aniq yechimlar ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Korxonalar samaradorligini oshirish, innovatsiya va energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, kredit va infratuzilma masalalarini hal qilish, soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash topshirildi.

Ochiq muloqotda koʻtariladigan har bir masala boʻyicha aniq yechim, uni amalga oshirish mexanizmi, masʼullar va muddatlarni belgilash vazifasi qoʻyildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo