icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar

23.08.2026

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi hech mubolagʻasiz tarixiy ahamiyatga ega ekanini chuqur mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi bugungi sammitning eng muhim natijasi boʻlganini qayd etdi. Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, mazkur hujjat hamkorlikni chuqurlashtirish, bu borada mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda mushtarak kelajakni barpo etishga boʻlgan birgalikdagi intilishning ifodasidir.

Tashrif doirasida ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish boʻyicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali mexanizmiga aylangan Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishi ham boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini taʼkidladi. Ilhom Aliyevni Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi tiklangani va azaliy yerlari qaytarilgani bilan yana bir bor muborakbod etdi.

Ijtimoiy infratuzilmasi jadal barpo etilib, hududida yangi ish oʻrinlari yaratilayotgan Qorabogʻni qayta tiklash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

– Ozarbayjon – ishonchli ittifoqchimiz, strategik sherigimiz va bizga qardosh davlat. Munosabatlarimiz zamirida yagona sivilizatsion kod – mushtarak tarixiy ildizlar, koʻp asrlik doʻstlik, oʻxshash madaniyat va anʼanalar mujassam, – dedi Oʻzbekiston yetakchisi.

Sammitga jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilgani taʼkidlandi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlari, Hududlar forumi samarali oʻtkazildi.

Muzokaralar davomida Prezidentlar koʻp qirrali munosabatlarning barcha jabhalarini atroflicha muhokama qilib, Hukumatlararo komissiya hamraislarining asosiy yoʻnalishlar boʻyicha axborotlarini tingladilar.

Bular, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniyat va boshqa sohalardir.

Tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, parlamentlar va hukumatlar, tarmoq idoralari hamda hududlar oʻrtasidagi faol aloqalarni qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar.

Asosiy eʼtibor iqtisodiy masalalarga qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Bugun ushbu muhim marraga erishish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tegishli dastur qabul qilindi.

Sanoat kooperatsiyasida yangi oʻsish nuqtalari belgilandi.

Mazkur tashrifga tayyorgarlik doirasida energetika, geologiya, kimyo, qurilish, moliya, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalarining salmoqli toʻplami shakllantirildi.

Ushbu loyihalarni ilgari surishda bir necha yil avval tashkil etilgan Investitsiya jamgʻarmasi muhim oʻrin tutmoqda.

Hududlar imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shu maqsadda joriy oyda Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlari hokimlari Ozarbayjonda boʻldilar.

Hamkorlikning yana bir muhim yoʻnalishi – transport-tranzit sohasi, xususan, Transkaspiy koridorini birgalikda rivojlantirish, logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirish va yuk tashuvlarini ragʻbatlantirish.

Ikki xalq oʻrtasidagi yaqin madaniy-gumanitar aloqalar ishonchli doʻstlik koʻprigi vazifasini oʻtamoqda.

Bugun Nizomiy Ganjaviy nomidagi Pedagogika universitetining yangi binosi ochiladi, Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bogʻini barpo etish ishlari boshlanadi.

Yil yakuniga qadar Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari hamda Ozarbayjonda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi oʻtkaziladi.

Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosiga bagʻishlangan qoʻshma badiiy film suratga olinishi mamlakatlarimizning madaniy hayotida muhim voqea boʻladi.

FIFA qaroriga koʻra, kelasi yili Oʻzbekiston va Ozarbayjon futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilishi taʼkidlandi.

Ushbu yirik sport tadbiri doirasida keng koʻlamli “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturini amalga oshirishga kelishib olindi.

Davlatimiz rahbari soʻzining yakunida ozarbayjonlik hamkasbiga taklif va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tarixiy tashrif yakunlari hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitib, qoʻshma loyihalar va ikki qardosh mamlakatning barqaror taraqqiyoti uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo