05.09.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.


