Oʻzbekiston Prezidenti Belgradga joʻnab ketdi
07.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Belgrad shahriga tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Sammit yakunlari boʻyicha salmoqli hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.


