08.09.2026
Belgrad shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu ordenni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan doʻstlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qatʼiy intilish ramzi deb bilishini taʼkidladi.
Serbiya Respublikasi ordeni xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar oʻrtasida tinchlik, hamkorlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash hamda respublika bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.


