Belgradda Toshkent koʻchasi boʻladi
08.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi boʻldi.
Yetakchilar mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini taʼkidladilar.
Toshkent koʻchasi xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.


