icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Milliy muzeyi qurilishi jadal davom etmoqda

11.09.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2025-yil 1-iyuldagi tegishli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari oʻtgan yil avgust oyida mazkur inshoot qurilishiga tamal toshi qoʻygan edi.

Mamlakatimiz yetakchisi muzey hududida olib borilayotgan keng koʻlamli qurilish-montaj ishlari, obyektlar poydevori va muhandislik infratuzilmasini barpo etish jarayoni bilan tanishdi. Majmua yurtimizning boy tarixi, madaniyati va kelajak intilishlarini namoyon etadigan muhim madaniy maskan boʻlishi taʼkidlandi.

Muzeyning meʼmoriy qiyofasi va mazmun-mohiyati dunyodagi ilgʻor tajribalar asosida shakllantirilgan. Loyiha mashhur yaponiyalik meʼmor Tadao Ando tomonidan yaratilgan, ekspozitsiya konsepsiyasi esa Germaniyaning “Atelier Brückner” tashkiloti tomonidan tayyorlangan.

Majmuaning umumiy maydoni 3,9 gektarni, bino maydoni esa 40 ming kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi. Inshoot 3 qavatli asosiy bino hamda 2 qavatli yer osti qismidan iborat boʻladi.

Muzey maydonining 60 foizi taʼlim va ilmiy faoliyatga ajratiladi. Bu yerda koʻrgazma zallari, boy kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va konferensiya zallari joylashadi. Oilalar va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun restoranlar hamda bolalar maydonchalari ham tashkil etiladi.

Ushbu madaniy maskan bir vaqtning oʻzida 3 ming 500 nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qila oladi. Bu yerda 10 mingga yaqin tarixiy va sanʼat eksponatlari namoyish etiladi.

Bino qurib bitkazilgach, atrofidagi Abulqosim madrasasi, Xalqlar doʻstligi saroyi va Milliy bogʻ bilan birgalikda yaxlit meʼmoriy ansamblni hosil qiladi.

Fransiyaning Luvr, AQShning Metropoliten va Britaniya muzeylari kabi dunyoning nufuzli madaniy muassasalari bilan qoʻshma koʻrgazmalar oʻtkazish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Prezidentimiz mutasaddilarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat standartlari asosida bajarish boʻyicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo