icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oltinkoʻlda charm-poyabzal sanoatining toʻliq ishlab chiqarish zanjiri yaratilmoqda

23.09.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Oltinkoʻl tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda charm xomashyosini chuqur qayta ishlash, eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ichki bozorni sifatli hamda hamyonbop poyabzallar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Oltinkoʻl tumanidagi kichik sanoat zonasi vodiydagi charm mahsulotlari va tayyor poyabzal ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, kosiblar hamda klasterlarni birlashtiruvchi yagona sanoat majmuasidir. Bu yerda xomashyoni qayta ishlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotishgacha boʻlgan toʻliq zanjir shakllantirilmoqda.

Majmuaning umumiy maydoni 10,1 gektar, loyihalar qiymati esa 28 million dollarni tashkil etadi. Hududning 5,5 gektarida zamonaviy ishlab chiqarish binolari, dual taʼlim markazi va savdo shoxobchalari barpo etilgan.

Sanoat zonasida umumiy ishlab chiqarish quvvati 150 milliard soʻm boʻlgan 17 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan 10 tasi poyabzal va tagcharm, 2 tasi sunʼiy charm, 2 tasi poyabzal yelimi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qolgan loyihalar doirasida rezina poyabzal, maxsus poyabzallar uchun ustki qismlar ishlab chiqarish va teri tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Bugungi kunga qadar majmuada 2 ming 500 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga eksport qilinmoqda. Ishlab chiqarishga Turkiya, Xitoy va Italiyada malaka oshirgan mutaxassislar jalb etilgan. Ularning tajribasi mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Soha rivojini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga qator imtiyoz va imkoniyatlar berilgan. Jumladan, ularning talablari asosida qurilgan ishlab chiqarish bino va inshootlari qiymatini yetti yilgacha boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi.

Davlatimiz rahbari majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini koʻzdan kechirib, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va eksport salohiyatiga alohida eʼtibor qaratdi.

Tadbirkorlar bilan muloqotda mahsulot sifatini oshirish, zamonaviy modellarni oʻzlashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalliy kosibchilik anʼanalarini zamonaviy sanoat usullari bilan uygʻunlashtirish, soha vakillari uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo