icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

07.10.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, doʻst Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi.

Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.

Oʻzaro hamkorlik barcha yoʻnalishlarida jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Oʻzaro savdo hajmi, sanoat, energetika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda yetakchi korxonalar kooperatsiyasi koʻlami izchil ortib bormoqda.

Kuni kecha Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda Hududlar kengashining uchinchi yigʻilishi natijalari yuqori baholandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda: yaqinda mamlakatimizda “Sanʼatlar olami” deb nomlangan Rossiya sanʼati festivali muvaffaqiyatli oʻtkazildi, ayni kunlarda esa Moskva shahrida Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtmoqda.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo