13.10.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti FarmoniO‘zining yuksak intellektual salohiyati, professional mahorati hamda zamonaviy muhandislik sohasidagi chuqur bilim va malakasini yaqqol namoyon etib, Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan “FIRST Global Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rekord natijaga erishib, tom ma’noda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgani va jahon chempioni degan ulkan sharafli nomga sazovor bo‘lgani, shu tariqa Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, yosh avlodni ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar, ixtiro va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur tuyg‘ularini kamol toptirish borasida alohida namuna ko‘rsatib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Salomov Ibroxim Uktamovich - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori
Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi
Akbarov Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Teshabayev Maxkambek - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Teshabayeva Safina - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri
Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Urmanov Baxodir Doniyorovich - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Urmanov Xondamir Doniyorovich - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


