icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

19.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi ochilishida ishtirok etdi.

Tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari ko‘p asrlar davomida xalqlar, madaniyatlar va savdo yo‘llarini birlashtirib kelgan shahar – Samarqandda muhokama qilinayotgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Amerika o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, bu, eng avvalo, AQSH Prezidenti Donald Trampning shaxsiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi tufayli ekani qayd etildi.

Mustahkam siyosiy sheriklik asosida iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bu borada qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surishga salmoqli hissa qo‘shayotgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi alohida o‘rin tutadi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Iqtisodiyot o‘sib bormoqda, yangi korxonalar ishga tushirilmoqda, ish o‘rinlari yaratilmoqda, yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyatlari kengaymoqda.

Shu bilan birga, sanoatni yanada rivojlantirish va zamonaviy infratuzilmani barpo etish uchun investitsiyalar jalb qilish jarayoni ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, bilim va tajriba almashish bilan birga olib borilishi zarurligi ta’kidlandi.

Bu borada AQSH biznesi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha katta tajriba to‘plangani ta’kidlandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Amerika sarmoyasi ishtirokidagi yuzlab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ular bilan sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va yangi texnologiyalar sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda O‘zbekiston kompaniyalari ham AQSH iqtisodiyotiga investitsiya kiritishni boshlamoqda.

Muhim minerallarni o‘zlashtirish va chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruviga sun’iy intellekt hamda raqamli yechimlarni joriy qilish, ta’lim va kadrlar tayyorlash hamkorlikni yanada kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining bugungi yig‘ilishiga katta tayyorgarlik ko‘rilgani qayd etildi. Natijada umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbusdan iborat to‘plam shakllantirildi. Ularni amalga oshirish uchun kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.

Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida kuch va imkoniyatlarni uchta ustuvor vazifani hal etishga safarbar etish muhimligi ta’kidlandi.

Avvalo, AQSH tadbirkorlari uchun tushunarli va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish zarur. O‘zbekistonga kelgan sarmoyador ma’muriy tartib-taomillarga vaqt sarflamasdan, tezda o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Bu borada investorlar bilan ishlashda “Plug and Play” tamoyiliga asoslangan yangi yondashuvga o‘tilayotgani ta’kidlandi. Ularga yer maydoni, infratuzilma, ruxsat olish va hujjatlar rasmiylashtirish masalalari hal etilgan tayyor loyihalar taklif etiladi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham hamkor sifatida ishtirok etishi va investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Yangi tashkil etilgan To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ham bunday loyihalarda ishtirok etadi.

Keyingi ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini hamda sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Shu bilan birga, kengash yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, tizimli to‘siqlarni bartaraf etish va yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tutadigan muloqot maydoniga aylanishi lozim.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo