icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi

20.10.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisi, Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xalilur Rahmonni qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon 21-22-oktabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoʻl” mavzusidagi Jahon sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Xalilur Rahmonni BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisi etib saylangani bilan samimiy tabriklab, mazkur maqomda tashrif buyurgan birinchi mamlakat Oʻzbekiston ekanini alohida qayd etdi.

Oʻz navbatida, Xalilur Rahmon Oʻzbekiston Prezidentiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomini yetkazdi.

Muloqot chogʻida BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 15 ta rezolyutsiyani qabul qildi, ularning ikkitasi joriy yilda maʼqullandi.

Oʻzbekiston tashkilotning asosiy organlari va tuzilmalari ishida faol ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimiz 2035-2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzoligiga oʻz nomzodini ilgari surgan.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish hamda tinchlik madaniyati va dinlararo muloqotni mustahkamlash masalalarida konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Ikki tomonlama munosabatlar haqida soʻz yuritilar ekan, Janubiy Osiyoning jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri Bangladesh bilan koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo