icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yangi Qarshi shahri barpo etiladi

22.10.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Qarshi shahrini barpo qilish hamda Qarshi magistral kanali boʻyida turizm majmuasini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.

Yangi shahar uchun Samarqand – G‘uzor yoʻnalishidagi A-378 hamda Shahrisabzga olib boruvchi 4R-79 avtomobil yoʻllari oraligʻidagi 5200 gektar maydon tanlangan. Bu hudud past bonitetli, foydalanilmayotgan choʻl va yaylov yerlaridan iborat. Dastlabki bosh reja 500 ming aholiga moʻljallangan.

Davlatimiz rahbari shaharni istiqbolda 1 million aholi yashaydigan, Qarshiga zamonaviy muqobil boʻladigan yirik markaz sifatida rejalashtirish zarurligini taʼkidladi.

Yangi shaharga viloyat hokimligi va boshqa davlat idoralarini koʻchirish koʻzda tutilgan. Bu yerda kongress-xoll, konsert zallari va mehmonxonalar barpo etilib, Samarqand va Buxorodagi kabi yirik xalqaro forumlarni qabul qila oladigan turizm markazi shakllantiriladi.

Transport tarmogʻi shaharning boshqa hududlar bilan qulay bogʻlanishini taʼminlashi kerak. Prezidentimiz aeroport va temir yo‘l vokzalini yangi shahar bilan tutashtiradigan elektr jamoat transporti, kerak bo‘lsa, yerusti metro qatnovini yo‘lga qo‘yish kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

Taqdimotda Qarshi magistral kanali boʻyidagi turizm majmuasi loyihasi ham koʻrib chiqildi. Uning doirasida uch kilometrlik sayilgoh tashkil etish uchun 235 gektar yer ajratilgan. Loyiha toʻrt bosqichda amalga oshirilib, dastlab 30 gektarda hunarmandlar shaharchasi va turizm hududi barpo etiladi.

Majmuada mehmonxonalar, restoran va doʻkonlar, muzey, akvapark, bolalar oʻyin maydonchalari hamda qayiqlar suzishi uchun sunʼiy koʻl qurilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz yangi shahar va turizm majmuasining bosh rejalarini nufuzli xorijiy loyihalash va arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda puxta ishlab chiqish, bunda xavfsizlik, qulaylik, hamyonboplik va “aqlli” shahar tamoyillariga tayanishga topshiriq berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo