icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Buxoroda xalqaro tadbirlar va sayyohlar uchun yangi turizm markazi barpo etilmoqda

03.11.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Qadimiy Buxoroning tarixiy obidalari, hunarmandchilik va gastronomiya anʼanalari sayyohlar uchun katta qiziqish uygʻotadi. Yangi markazda bu boy merosni zamonaviy xizmatlar bilan uygʻunlashtirish, shaharda yirik xalqaro madaniy va ishbilarmonlik tadbirlarini oʻtkazish uchun sharoit yaratish koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida Buxoro shahrining bosh rejasi muhokamasida madaniyat loyihalarini turizmni rivojlantirish bilan bogʻliq holda amalga oshirish, ularning iqtisodiy barqarorligi va sifatli boshqaruvini taʼminlash zarurligini taʼkidlagan edi. Mazkur markaz ham mehmonlar uchun turli xizmatlarni bir hududda jamlashga qaratilgan.

Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 million dollar investitsiya yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaga koʻra, hududda qabullar uyi, koʻrgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming oʻrinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi barpo etiladi. Shuningdek, sayilgohlar, hunarmandchilik markazlari va sunʼiy koʻl tashkil etiladi. Inshootlar qiyofasida Buxoro meʼmorchiligiga xos anʼanalarni zamonaviy yechimlar bilan uygʻunlashtirish nazarda tutilgan.

Hozir markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga 50 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.

Majmua toʻliq ishga tushgach, 2 mingta ish oʻrni yaratilishi, Buxoroga qoʻshimcha 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, mahalliy budjetga yillik tushum 288 milliard soʻmni tashkil etishi mumkin.

Prezidentimiz loyihaning ahamiyati bunyod etilayotgan binolar bilangina oʻlchanmasligi, asrlar davomida ilm-maʼrifat, savdo va hunarmandchilik markazi boʻlib kelgan Buxoroning shuhratiga munosib muhit yaratish, uning boy merosini dunyoga yanada keng tanitish muhimligini qayd etdi. Yangi markazga kelgan mehmon sharif shaharning tarixiy ruhini his etishi, bugungi taraqqiyotini koʻrishi, buxoroliklar esa turizm rivojidan ish oʻrni va daromad koʻrishi lozim. Prezidentimiz loyihani ana shu maqsadlardan kelib chiqib amalga oshirish vazifasini qoʻydi.

Shu yerning oʻzida davlatimiz rahbari Buxoro infratuzilmasini 2027-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan sammitlarga puxta tayyorlash yuzasidan mutasaddilarning axborotlarini tingladi va tegishli topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo