icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz “ROX Group” kompaniyasining investitsiya loyihalari bilan tanishdi

03.11.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Kompaniya vakillari Buxoroda ikkita, Toshkent shahrining Uchtepa tumani va Samarqandda bittadan – jami to‘rtta shaharsozlik loyihasi haqida axborot berdi. Ularning umumiy maydoni 285 gektarni, investitsiya hajmi 4,5 milliard dollarni tashkil etadi. Loyihalar 115 ming nafar aholi uchun mo‘ljallangan.

Buxoro tumanida 65 gektar, Buxoro shahrida esa 25 gektar maydonda yangi turar joy massivlari qurilishi boshlandi. Ularda 30 ming nafar aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlar barpo etish ko‘zda tutilgan.

Uchtepa tumanidagi loyiha zamonaviy shahar muhitini yaratishga, Samarqanddagi tashabbus esa mavjud sayyohlik majmuasi atrofidagi infratuzilmani kengaytirishga qaratilgan. Vetnamlik investor Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasi tashkil etish tashabbusini ham ilgari surdi.

Prezidentimiz taqdim etilgan konsepsiyalarni ma’qullab, loyihalarda ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Mutasaddilarga loyihalar uchun zarur infratuzilma va amalga oshirish mexanizmlarini kompaniya bilan birgalikda puxta ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo