icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga

06.11.2026

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Sizlarni Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqotining ochilishi bilan samimiy qutlayman.

Avvalo, O‘zbekistonning tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganingiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratayotgan e’tiboringiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Bugungi tadbirda SHHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik mamlakatlarning maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari ishtirok etayotgani zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish borasidagi umumiy manfaatdorlikdan dalolat beradi.

Bu yil Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganining 25 yilligini nishonlamoqda. Chorak asrlik shakllanish va rivojlanish jarayonida tashkilot xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqishda samarali maydonga aylandi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining hammuassisi bo‘lgan davlat sifatida uning barqarorlikni saqlash va inklyuziv taraqqiyotni ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarni birlashtiruvchi ko‘ptomonlama noyob platforma sifatidagi rolini yanada kuchaytirish va faoliyatini kengaytirishga alohida ahamiyat beradi.

Aziz mehmonlar!

Hozirgi kunda geosiyosiy keskinlikning kuchayishi, qarama-qarshiliklarning chuqurlashishi va qurolli mojarolarning avj olishi, afsuski, dunyodagi vaziyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qolmoqda.

Axborot xavfsizligini ta’minlash, muhim infratuzilmalarni himoya qilish va davlatning buzg‘unchi ta’sirlarning yangicha shakllariga nisbatan barqarorligi masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.

Bugun biz transmilliy tahdidlarning tabiati chuqur o‘zgarib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va global kommunikatsiya vositalarining shiddat bilan rivojlanishi nafaqat taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar ochmoqda, balki mutlaqo yangi muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, kibermakon an’anaviy usullar bilan birga tarmoq orqali hujumlar uyushtirilayotgan, jamoatchilik ongini boshqarish va yolg‘on axborot tarqatish kabi vositalar tobora faol qo‘llanayotgan asosiy to‘qnashuvlar maydoniga aylandi.

Terrorchi tashkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy tashvish uyg‘otadi. Internet platformalari radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish, yangi tarafdorlarni o‘z tomoniga og‘dirish, moliyaviy mablag‘lar to‘plash hamda davlat chegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlashmalarni shakllantirish vositasiga aylanib bormoqda.

Bunday sharoitda ayniqsa yoshlar aholining eng zaif toifasi bo‘lib qolmoqda. Buzg‘unchi kuchlar yoshlar ongiga maqsadli ravishda ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘z jamoalariga jalb etmoqda, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanmoqda va toqatsizlik g‘oyalarini tarqatmoqda.

Bunday jarayonlar millatlararo va dinlararo totuvlikka putur yetkazishi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga olib kelishi mumkin.

Shu bois yuzaga kelayotgan mojarolarga nafaqat tezkor munosabat bildirish, balki xavf-xatarlarning oldini olish – ularni aniqlash, o‘zaro axborot almashish, xavfsizlikni ta’minlash borasida milliy salohiyatni mustahkamlash va o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish lozim.

Ishonchimiz komil, hech bir davlat chegara bilmaydigan tahdidlarga yakka o‘zi to‘liq qarshi tura olmaydi. Bu esa, tabiiy ravishda, xalqaro hamkorlik, o‘zaro ishonch va birgalikda ish olib borishning amaliy mexanizmlariga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.

Qadrli do‘stlar!

Tashkilot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu yilda sizlarga murojaat qilib, ta’kidlamoqchimanki, SHHTning yangi tahdidlarga o‘z vaqtida javob berish va yanada barqaror dunyoni shakllantirishda samarali ishtirok etishga qodir bo‘lishi ko‘p jihatdan maxsus xizmatlarning yaqin hamkorlikda ish olib borishiga bog‘liq.

Bugungi muloqot sizlarga nafaqat dolzarb tahdid va xavf-xatarlarni har tomonlama muhokama qilish, balki xalqlarimizning xavfsizligi va davlatlarimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini beradi, deb ishonaman.

Forumning barcha ishtirokchilariga samarali faoliyat olib borishlari va O‘zbekistondagi uchrashuvlari mazmunli o‘tishini tilayman.

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo