icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti BMTTD Administratori bilan uchrashuv oʻtkazdi

11.11.2026

Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan global iqlim sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Aleksandr De Kroo bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Barqaror rivojlanish va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish sohalarida BMT Taraqqiyot dasturi bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimiz uchun 2030-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan yangi dasturini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Sheriklik ijobiy surʼatda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oxirgi besh yilda umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod boʻlgan 100 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirildi, hamkorlikning umumiy hajmi esa 550 million dollardan oshdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar “yashil” transformatsiya, iqlim moliyasi mablagʻlarini jalb qilish, Orolboʻyi boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish hamda iqlim oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladigan yoʻqotishlar va zararni baholash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishlarida hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo