icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti iqlim integratsiyasini rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi

11.11.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Sammitda dunyoning 90 dan ortiq mamlakati davlat va hukumat rahbarlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar boshliqlari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya va Avstraliya hamraisligida o‘tayotgan konferensiyaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganini e’tirof etdi.

Mamlakatimiz yetakchisi ta’kidlaganidek, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda hamda o‘z taraqqiyot modelini “yashil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda.

Xalqaro hamjamiyatning e’tibori bu borada milliy miqyosda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va erishilgan natijalarga qaratildi.

Uglerod chiqarishni kamaytirish doirasida mamlakatimiz yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga qadar ushbu ko‘rsatkichni 50 foizga yetkazish bo‘yicha yangi marra belgilandi.

So‘nggi o‘n yilda iqtisodiyotimizda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beshdan bir qismga kamaydi. Sug‘oriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi.

Yerlarni qayta tiklash bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mamlakatimizda o‘rmonlar maydoni olti million gektarga ko‘paytirildi, uning uchdan bir qismi Orolbo‘yi hududiga to‘g‘ri keladi.

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi hayotga izchil tadbiq etilmoqda.

O‘zbekistonda yuritilayotgan davlat siyosatida yoshlar masalasi markaziy o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

– Mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktabdan boshlanadi. Yosh avlodga suvni tejash, daraxtlarni parvarish qilish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash bog‘chadanoq o‘rgatiladi, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Yurtimizning har beshinchi fuqarosi maktab o‘quvchisi yoki talaba ekani qayd etildi. Bu esa 2050-yilga borib O‘zbekiston aholisining to‘rtdan uch qismi tabiatga g‘amxo‘rlik ruhida ta’lim olishini anglatadi.

Prezidentimiz kelgusidagi qo‘shma sa’y-harakatlar borasida o‘z nuqtayi nazarini bayon qilib, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga hech bir davlat yakka o‘zi yechim topa olmasligini ta’kidladi.

– Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi xatarlarning ko‘lami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan mushtarak harakatlarni talab qiladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan mintaqaviy Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha boshlash maqsadga muvofiqligi bildirildi.

Birinchisi – axborot yo‘nalishi. Bu borada Jahon meteorologiya tashkiloti ko‘magida iqlim xavf-xatarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi infratuzilmasini yaratishga kirishish taklif etildi.

Ikkinchisi – texnologik yo‘nalish. «Eco Expo» ko‘rgazmasini mintaqamizga mos zamonaviy ekologik yechimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirishga tayyorlik bildirildi.

Uchinchisi – moliyaviy yo‘nalish. Mahalliy sharoit va ehtiyojlar hisobga olinadigan barqaror moliyalashtirishni ta’minlash uchun taraqqiyot banklari va maqsadli jamg‘armalar bilan birgalikda yangi ko‘mak vositalari – imtiyozli grantlar, shuningdek, “moviy” va “arid” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida konferensiya ishtirokchilarini iqlim integratsiyasi modelini amaliy mazmun bilan boyitishga chaqirdi hamda ushbu hayotiy muhim modelni dunyoning barcha manfaatdor mintaqalarida qo‘llashni taklif etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo