icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va quvvatlarini kengaytirish rejalari koʻrib chiqildi

12.11.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta ishlash zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytirish boʻyicha rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

1997-yilda ishga tushirilgan zavod mamlakatimiz yoqilgʻi-energetika tarmogʻida muhim oʻrin tutadi. Korxona yiliga 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash loyihaviy quvvatiga ega. Bu yerda avtobenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin va boshqa turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Zavodda 3,2 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.

Taqdimotda korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy koʻrsatkichlari haqida axborot berildi. Joriy yilning toʻqqiz oyida 1,5 million tonnadan ziyod xomashyo qayta ishlanib, qariyb 1,5 million tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sof foyda 2,2 trillion soʻmni tashkil etgan.

Yil yakuniga qadar xomashyoni qayta ishlash hajmini 2,17 million tonnaga, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni esa 2,12 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxonani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yuqori sifatli yoqilgʻi turlarini oʻzlashtirishdir.

Xususan, zavodda Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli avtobenzin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qiymati 328 million dollarlik loyiha ishlab chiqilgan. Uning doirasida mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi ishlab chiqarish qurilmalarini barpo etish koʻzda tutilgan.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 1,1 million tonna Yevro-5 standartidagi avtobenzin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, import qilinadigan yoqilgʻi qoʻshimchalari xarajatlaridan yiliga 150 million dollargacha mablagʻ tejalishi va 200 ta yangi ish oʻrni tashkil etilishi kutilmoqda.

Rejaga koʻra, loyihani 2029-yilning ikkinchi choragida ishga tushirish moʻljallangan.

Taqdimotda zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish boʻyicha istiqbolli loyiha ham koʻrib chiqildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qiymati 1,8 milliard dollar boʻlgan ushbu loyiha doirasida neftni zamonaviy qayta ishlash va neft-kimyo texnologiyalarini joriy etish, yangi texnologik qurilmalarni barpo qilish rejalashtirilgan.

Natijada zavodda ishlab chiqariladigan neft mahsulotlarining umumiy yillik hajmini hozirgi 2,1 million tonnadan 4,6 million tonnaga yetkazish imkoniyati paydo boʻladi. Jumladan, avtobenzin ishlab chiqarish 2,7 million tonnaga, dizel yonilgʻisi 1,24 million tonnaga, aviakerosin 500 ming tonnaga yetkazilishi koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, benzol va boshqa neft-kimyo mahsulotlarini oʻzlashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish imkoniyatlari kengayadi.

Loyihani amalga oshirishda Xitoy, Fransiya, AQSh va Ozarbayjonning yetakchi texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish koʻzda tutilmoqda. Qurilish ishlarini 2028-yilda boshlash moʻljallangan.

Taqdimot davomida loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish hamda yuqori sifatli va raqobatbardosh neft mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo