icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik shodiyonasi

09.03.2018

Samarali muzokaralardan so‘ng Dushanbe shahrining “Koxi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ishtirok etdi. 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida xalqlarimiz do‘stligining shonli an’analari bugun suv va havodek zarurligi, ushbu bebaho merosni asrab-avaylash va rivojlantirish kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.

Biz o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash bo‘yicha astoydil harakat boshladik. Niyatimiz yor bo‘lib, ezgu maqsadlarimizga erishamiz, inshoolloh.

Biz do‘stlik va insoniylik nuqtai nazaridan qo‘shnilarimiz bilan, avvalo, qardosh Tojikiston bilan hamisha do‘st va birodar, hamkor va hamjihat bo‘lamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Keyingi paytlarda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. O‘tgan yili ikki mamlakatda O‘zbekiston va Tojikiston madaniyati va san’ati kunlari, ko‘rgazmalar, ijodiy safarlar va ko‘plab boshqa tadbirlar tashkil etildi. Xalqlarimiz madaniy hayotida muhim voqea bo‘lgan ushbu anjumanlar odamlarga katta quvonch bag‘ishladi.

Tojikistonlik ijodiy jamoalar Samarqandda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining doimiy ishtirokchilaridir. O‘zbekiston estradasining taniqli namoyandalari va Toshkent sirki ijodkorlari gastrollari bilan tojikistonlik san’at muxlislarini xushnud etib kelmoqda.

Bu galgi konsert ham O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy yaqinlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarining navbatdagi namoyishi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo