icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi

26.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari "Bir makon, bir yo‘l" ikkinchi xalqaro forumining o‘tkazilishi hamda uning doirasida XXR Raisi Si Szinpin  ilgari surgan tashabbuslarning amalga oshirilishi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga, keng mintaqamizda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Kecha Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan o‘tgan uchrashuvda mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olingani, ular ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Li Chjanshu O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro munosabatlarda erishgan yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va ko‘plab boshqa sohalardagi aloqalar yanada faollashgani alohida ta’kidlandi. 

O‘zbekiston va Xitoyning qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida hamkorlik borasida ijobiy tajriba to‘plangan. Parlament delegatsiyalarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazilib, bu boradagi sheriklik izchil rivojlanib bormoqda.
 
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, parlamentlararo muloqot mamlakatlarimiz hamkorligini amaliy mazmun bilan boyitish, yangi dastur va loyihalarni ilgari surishga xizmat qilishi qayd etildi. 

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirishga amaliy hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Li Chjanshu O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ularning real natijalari va samaradorligini yuksak baholadi. Uning fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘z siyosati va islohotlari miqyosi va maqsadlari nuqtai nazaridan to‘la asos bilan Xitoyning buyuk islohotchisi Den Syaopin bilan taqqoslash mumkin.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni faollashtirish hamda samarali islohot va yangilanishlarni amalga oshirish borasidagi tajribani chuqur o‘rganish maqsadida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo