icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Noyob Kongress-xoll har qanday formatdagi yirik anjumanlarni qabul qiladi

25.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurdi. 

Mazkur xalqaro biznes markazi sakkizta lotga ajratilgan holda barpo etilmoqda. Shu paytgacha 7 million kub metr tuproq ishlari bajarilib, ellikdan ziyod binoga mustahkam poydevor yaratildi. Bugungi kunda beton karkaslar va devorlar qurish, muhandislik tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda. 

Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi qurilayotgan 5-lot eng ilg‘or maydonlardan biri. Ushbu binolarda temir-beton, metall konstruksiya va tom yopish ishlari yakunlangan bo‘lib, qurilish hajmining sakson foizdan ziyodi bitgan. Hozirda elektr tarmoqlarini montaj qilish, ichki pardozlash va mexanika ishlari bajarilmoqda. 

Davlatimiz rahbariga avvalgi tashrif chog‘idagi ko‘rsatmalarning ijrosi haqida ma’lumot berildi. Jumladan, ulkan kongress-xollda barcha formatdagi xalqaro tadbirlar tashkil etish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Bu yerda sammitlar, ular doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarni yuqori darajada o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Katta delegatsiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xizmat ko‘rsatuvchilar uchun zarur qulayliklar yaratiladi. 

Prezident Kongress-xollga tutash qurilgan 21 qavatli, besh yulduzli Hilton mehmonxonasini ham kirib ko‘rdi. Shu yerda mahalliy va xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari Kongress-xoll va mehmonxonada yuqori darajada xizmat  ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib, muntazam daromad topishni ta’minlash, hududda barpo etiladigan istirohat bog‘ida yurtdoshlarimiz va turistlar uchun keng sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo