icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

28.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi. 

Bugungi Turkmaniston Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida davlat va jamiyat qurilishi sohasida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ulkan yutuqlarga erishayotgani alohida qayd etildi.

Turkmanistonning xalqaro nufuzi izchil yuksalib borayotgani ta’kidlandi. Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu tashkilot va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida navbatdagi rezolyutsiya qabul qilingani, 2020-2021 yillarda mamlakatda sambo va trek velosporti bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazilishi bundan dalolat beradi.

Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, transport, energetika, sanoat va qishloq xo‘jalishi sohalaridagi kooperatsiyani kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Prezidentlar  Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini faollashtirish, shuningdek, chegaradosh hududlar o‘rtasidagi samarali ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni davom ettirish lozimligini aytib o‘tdilar.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti yo‘lida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi intilish qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo