icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi eng zamonaviy, mamlakatimiz uchun bazaviy bo‘ladi

28.06.2019

Yashnobod tumanida Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik fondi bilan birgalikda barpo etilayotgan ushbu markaz 4 qavatli 4 ta blokdan iborat bo‘ladi. Unga 42 million dollarlikdan ziyod eng zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi. Bu bolalar kasalliklariga 100 foiz diagnostika qo‘yish va davolash imkonini beradi. 

Davlatimiz rahbari mazkur tibbiyot markazi qurilishini borib ko‘rdi.

- Diagnostika to‘g‘ri bo‘lmagani, shifokorlar malakasi yetishmagani tufayli bemor bolalar, ularning ota-onalari ko‘p qiynalardi, og‘irroq kasal bo‘lsa, sog‘ligi nuqsonli bo‘lib ham qolardi. Bu markazning eng muhim tomoni shundaki, u mamlakatimizdagi hamma muassasalar uchun bazaviy bo‘ladi. Telemeditsina orqali uzoq hududlarimizdagi bolalarga ham yordam ko‘rsatiladi, - dedi Prezident.
 
Shavkat Mirziyoyev kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Bu borada ham Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilinmoqda. Pusan universitetida 19 nafar shifokor malaka oshirib keldi. Yana ko‘plab shifokor, hamshira va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar malaka oshirishga yuboriladi.

Ushbu muassasa yonida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kattalar uchun ham ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qurish rejalashtirilgan. 300 o‘ringa mo‘ljallangan bu shifoxonada kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, endovaskulyar xirurgiya, angionevrologiya va ortopediya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda yiliga 8 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo