icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan»

18.10.2019

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida hududlardagi holatga tanqidiy baho berdi.

- Siyosatimizning mazmuni, maqsadi oddiy: mehnat qilsang, rohat ko‘rasan. Davlat shu mehnatga, emin-erkin ishlashga sharoit yaratib berishi shart. Shu maqsadda qarorlar qabul qilinyapti, yo‘nalishlar belgilab berilyapti. Lekin quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlash maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yo‘q. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari o‘sish sur’atlari viloyatning haqiqiy salohiyati uchun hali yetarli emasligini ta’kidladi.  

- Joriy yilda viloyatga uchinchi bor tashrif buyurishimizning sababi Surxondaryo misolida barcha rahbarlarga hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ularni jadal rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va o‘sish nuqtalarini aniqlash hamda to‘liq ishga solishni ko‘rsatib berishdir, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Har bir vazir, soha va tarmoqlar rahbarlariga bu yil yakunigacha va kelgusi yilda Surxondaryo uchun nimalar qilishini aniq yozib, viloyat hokimligiga taqdimot qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo