icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev YeXHT Parlament assambleyasi raisini qabul qildi

23.12.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YeXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz 2018-yilda ushbu organdagi ishtirokini qayta tiklaganidan buyon o‘zaro munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani va ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Bugungi kunda 2019-2020-yillarda YeXHT Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

Tuzilmaning 50 nafarga yaqin vakillaridan iborat delegatsiya ilk marta O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatishda ishtirok etayotgani qayd etildi.

Georgiy Sereteli Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda birlashma bilan hamkorlik faollashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

YeXHT PA raisi  O‘zbekistonning assambleyadagi ishtiroki YeXHTga a’zo davlatlar qonun chiqaruvchi organlari bilan aloqalarni mustahkamlash doirasida mamlakatning manfaatlarini ilgari surishda yangi imkoniyatlar ochganini ta’kidladi.

Mehmonning fikricha, bo‘lib o‘tgan saylovlar O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega, chunki ular keng miqyosli islohotlar davrida, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining tavsiyalarini ham hisobga olib ishlab chiqilgan yangi Saylov kodeksi asosida o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida YeXHTning O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli missiyalarining faoliyatiga qulay sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo