icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Urganchdagi texnoparkni borib ko‘rdi

12.12.2020

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun Urganch shahridagi texnoparkda bo‘ldi.

Hududlardagi «o‘sish nuqtalari»ni ishga solish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha shahar va tumanlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar tashkil etilmoqda.

«Urganch» texnoparki joriy yil may oyida foydalanishga topshirilgan edi. Qisqa vaqtda bu yerda ikkita korxona faoliyat boshladi. Ular kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi «Oq oltin mega tekstil» hamda metalldan turli mahsulotlar tayyorlaydigan «Great Khorezm” shirkatlaridir.

Prezidentimiz tekstil korxonasi mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur shirkatga Germaniya, Italiya, Turkiya kabi davlatlardan keltirilgan tikuvchilik dastgohlari o‘rnatilgan. Bolalar va kattalar kiyimlari, jinsi shim kabi 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, 75 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.

Korxonada Urganch va Xiva shaharlari, Yangiariq, Xonqa va Urganch tumanlaridan 400 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Davlatimiz rahbari ular bilan suhbatlashdi.

- Sizlarni ko‘rganimdan, mana shunday hunar egallab, o‘zlaringga yoqqan fabrikada ishlayotganlaringdan xursandman. Odamlarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha katta harakatlar qilyapmiz. Bugun-erta Xorazmda yurib, mablag‘lar berib, rejalar tuzishdan maqsad ham shu, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz uyda o‘tirgan ayollarni kasanachilik asosida ham ishga jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Bugungi kunda texnoparkning qolgan bloklariga ham uskunalar olib kelinmoqda. Majmua to‘liq ishga tushgach, yiliga qariyb 87 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi, 5,8 million dollarlik eksport qilinishi mo‘ljallangan.

Shu yerda Xiva shahri va Gurlan tumani misolida infratuzilmani yaxshilab, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish loyihalari muhokama qilindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo