icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Qo‘shilmaslik sammiti doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

02.03.2023

Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbatda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Ras-al-Hayma amirligi amiri, BAA Oliy kengashi a’zosi shayx Saqr Al-Qosimiy bilan yetakchi kompaniyalarni yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bilan yetakchi xalqaro tashkilotning joriy yil sentyabr oyida o‘tadigan yalpi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili YUNVTO Bosh assambleyasining joriy yil 16-20-oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo