icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti «Air Products» kompaniyasi tomonidan yuqori texnologik loyihalar amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatladi

26.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni «Air Products» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlarida yuqori texnologik loyihalarni ilgari surishda AQSHning o‘z yo‘nalishida global yetakchi bo‘lgan ushbu kompaniyasi bilan  amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari kompaniya rahbarini 1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda Qashqadaryo viloyatidagi “GTL” zavodining uchta sanoat gaz uskunasini xarid qilish bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyatli yakunlangani va tegishli bitim imzolangani bilan tabrikladi.

 «Air Products» yana bir yirik loyihada – kamida 700 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilgan holda Buxoro viloyatida MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etayotgani qayd etildi.

Mamlakatimizda “yashil” vodorod sohasini rivojlantirish bo‘yicha yana bir asosiy hamkor - Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ishtirok etayotgan istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo