icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

29.08.2023

Davlatimiz rahbari Sergeli tumanidagi Yangi Bunyodobod mahallasida bo‘lib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. 13 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar va o‘smirlar sport maktabida barcha sharoitlar yaratilgan.  Mahallaning drayveri – xizmat ko‘rsatish. Yaqinda maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonasini o‘z ichiga olgan ish markazi barpo etildi. Ularda mahalliy yoshlar foydali mehnat bilan band.

Prezident tikuvchilik korxonasidagi ayollar bilan suhbatlashdi. Uning rahbari ayollar tadbirkorligiga berilayotgan imkoniyatlar tufayli yangi uskunalar olgan, faoliyatini kengaytirgan.

– Biz nima uchun xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratamiz? Chunki bu oilaga, farzandlarimizga, kelajak avlodlarimizga e’tibordir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.   

Fuqarolar yig‘ini binosi zamonaviy qiyofaga ega. Bu yerda kutubxona, til o‘rganish to‘garaklari ham bor. Mahalla hududi obodonlashtirilgan. O‘yin va sport maydonchalari ta’mirlangan. Ikki yilda mahallada bironta jinoyat sodir etilmagan. 

Mahalla raisi va faollari bilan suhbatda yoshlar bandligini ta’minlash, madaniy tadbirlar va musobaqalar tashkil etib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish haqida so‘z bordi. Tuman rahbarlariga ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni ko‘paytirish, kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo