icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligini qayd etdi

07.09.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxu Gyon Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Bosh vazir o‘rinbosari Chxu Gyon Xo davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda azaldan yaqin do‘stlik rishtalariga, xalqlarimizning mentaliteti, an’ana va qadriyatlari o‘xshashligiga asoslangan ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya bilan keng ko‘lamli hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish masalalariga to‘xtaldi.

Keyingi yillarda o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga ko‘paydi. Mamlakatimizda qariyb 1 mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investitsiyalar hajmi 7  milliard dollardan oshdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida samarali hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholandi.

Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar qatorida ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, to‘qimachilik texnoparki, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va nodir metallar bo‘yicha markazlar qayd etildi.

Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infatuzilma, “yashil” energetika, davlat boshqaruvi, moliya, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali muloqotlarni yo‘lga qo‘yish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo