icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi

02.05.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi.

Suhbat avvalida Tatyana Molchan Prezidentimizga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mintaqa va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda o‘tgan yil noyabr oyida Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalda ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari komissiya 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini, uning transport, innovatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va gender tenglik, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi masalalaridagi ko‘magini qayd etdi.

2030-yilgacha davrga mo‘ljallangan SPЕKAni rivojlantirish konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, dasturning Maqsadli jamg‘armasini ishga tushirish va qator konseptual hujjatlarni tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo