icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti “Coca-Cola” kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi

15.05.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni “Coca-Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda “Anadolu Group” kompaniyasi raisi Tunjay O‘zilxon ham ishtirok etdi.

“Coca-Cola” alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, faoliyati 200 dan ortiq mamlakat bozorini qamrab oladi, 200 dan ziyod brend va 950 dan ortiq ishlab chiqarish korxonasiga ega.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi eksklyuziv hamkori – “Coca-Cola İçecek” Turkiyaning “Anadolu Group” tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda kompaniyaning Toshkent, Urganch va Namangan viloyatidagi 3 ta zavodi faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda oziq-ovqat sohasidagi, shu jumladan "yashil" yechimlarni, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi. Bugun Samarqand viloyatida yangi korxona ishga tushirildi. 2025-yilda Namangan viloyatida beshinchi zavod foydalanishga topshiriladi.

Innovatsion faoliyat va tadqiqotlarni rivojlantirish, muhandislar va soha mutaxassislarini tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Investitsiya dasturini yanada kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, materiallar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Davlatimiz rahbari istiqbolli loyihalarni tezlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishni topshirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo