icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti AQSH biznesi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi

09.06.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" va boshqa ko‘plab korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investitsion va innovatsion hamkorlik istiqbollariga, strategik ahamiyatga ega materiallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘zlarining aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo