icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi

01.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanszin shahrida “SHHT plyus” formatining “Ko‘p tomonlama hamkorlikni hayotga tatbiq etish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va barqaror taraqqiyotga ko‘maklashish” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Tadbirda SHHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari va uning doimiy faoliyat yurituvchi organlari rahbarlari bilan bir qatorda kuzatuvchi va hamkor mamlakatlar yetakchilari, faxriy mehmonlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ham qatnashdi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida ochiqlik va ko‘p tomonlama hamkorlik ruhiga to‘liq javob beradigan “SHHT plyus” formati ishonchli muloqot uchun tobora muhim maydonga aylanib borayotganini ta’kidladi.

Bu galgi sammit XX asrning eng katta fojiasi – Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligida o‘tayotgani ramziy ma’noga ega ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi qarama-qarshilik ko‘payib borayotganidan xavotir bildirib, nizolarga barham berish, ishonchni tiklash, tinch-totuv yashash va xalqaro huquq normalarini hurmat qilishga chaqirdi. 

Shu ma’noda, Xitoy Raisi Si Szinpin ilgari surgan Global boshqaruv bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston Prezidenti G‘azo sektoridagi vaziyat yana keskinlashayotgani va gumanitar ahvol yomonlashayotganini qayd etib, Falastin – Isroil muammosini “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida adolatli hal etishgina Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatishi mumkinligini ta’kidladi.

SHHT doirasidagi sheriklik va amaliy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlab, davlatimiz rahbari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb vazifalariga to‘xtaldi.

Eng avvalo, SHHT mamlakatlarining barqarorligi va farovonligini ta’minlash uchun jamoaviy sa’y-harakatlarni kuchaytirish muhim ekani, bu, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, energetika va oziq-ovqat resurslari taqchilligi, migratsiya inqirozlari, kiberhujumlar va boshqa yangi xavf-xatarlar yuzaga kelayotgan sharoitda dolzarb ekani ta’kidlandi.

Prezidentimiz Toshkent shahrida SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi negizida Xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markaz hamda Dushanbe shahrida Narkotiklarga qarshi kurashish markazi ishga tushirilganini olqishladi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha “SHHT plyus” formatidagi birinchi muloqotni kelgusi yili yurtimizda o‘tkazish taklif qilindi. 

– Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olmasdan va xalqaro hamjamiyatning afg‘on hukumati bilan konstruktiv muloqotini yo‘lga qo‘ymasdan turib, mintaqamizda barqarorlikni ta’minlash mumkin emas, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Shu munosabat bilan ushbu mamlakat bilan hamkorlik qilish va uni SHHT loyihalariga jalb qilish bo‘yicha pragmatik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari SHHT doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni tubdan kengaytirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.

To‘siqlarni bartaraf etish va standartlarni yaqinlashtirish, elektron savdo maydonchalarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi qayd etildi.

Biznes muloqot uchun samarali platformani ishga tushirish maqsadida har yili “SHHT INVЕST” investitsiya forumini o‘tkazish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda O‘zbekistonda tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Mintaqaviy transport integratsiyasi va o‘zaro bog‘liqlik haqida so‘z yuritilar ekan, mintaqani global yo‘laklar bilan ishonchli bog‘lashni ta’minlaydigan samarali transport yo‘nalishlarini yaratish Markaziy Osiyo uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lining qurilishi va kelajakda Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lanishi SHHT makonida yagona transport tarmog‘ini shakllantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz yetakchisi ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohalarida sheriklikni faol ilgari surish muhimligini qayd etdi.

– SHHT mamlakatlari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar bazalari, robototexnika, biomuhandislik, muqobil energetika kabi ilg‘or yo‘nalishlarda katta sakrashni ta’minlashga qodir bo‘lgan ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega, – dedi Prezidentimiz.

Yangi g‘oyalarni ilgari surish va ilg‘or yechimlarni ishlab chiqish uchun SHHTning innovatsion-texnologik xablari tarmog‘ini yaratish amaliy qadam sifatida taklif etildi.

Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston rahbari “SHHT oilasi”ning madaniy rang-barangligi va qadriyatlarini ilgari surishga ko‘maklashishga qaratilgan Buyuk Ipak yo‘li madaniy muloqotini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi. Ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalarini Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNЕSKO Bosh konferensiyasi tadbirlarida faol ishtirok etishga taklif etdi.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida “SHHT plyus” formatidagi ushbu sammitning samarali natijalari barqarorlikni yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish va barcha mamlakatlarning izchil taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo