icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yangi Toshkentning ilk energetika quvvatlari barpo etilmoqda

30.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida qurilayotgan energetika obyektlari bilan tanishdi.

Trigeneratsiya texnologiyasi shaharni markazlashgan sovitish va isitish bilan taʼminlash uchun zamonaviy yechim boʻlib, anʼanaviy quvvatlarga nisbatan 2 baravargacha kam energiya sarflaydi. Oddiy issiqlik markazlari yoki sovitish tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlari alohida-alohida amalga oshiriladi. Trigeneratsiyada esa bularning barchasi yagona texnologik zanjir asosida birlashtiriladi.

Hozirgi paytda Yangi Toshkentda aynan shu texnologiyaga asoslangan stansiyaning asosiy bino va inshootlarining qurilishi jadal ketmoqda. Loyiha doirasida talab etiladigan asosiy asbob-uskunalar xalqaro energiya samaradorlik talablariga toʻla mos keladi.

Birinchi bosqichda issiqlik uchun 75 megavatt, sovitish tizimi uchun esa 100 megavatt quvvat yaratiladi. Shu bilan birga, 17 megavatt miqdorda qoʻshimcha elektr energiyasi ham ishlab chiqariladi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentning birinchi nimstansiyasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Nimstansiya quvvati 100 megavattga teng boʻlib, Yangi Toshkentning dastlabki bosqichdagi ehtiyojlarini taʼminlaydi. Loyiha Xitoyning “Haocheng Industry Group Limited” kompaniyasi ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.

Eʼtiborlisi, ushbu obyekt Oʻzbekistondagi birinchi yopiq turdagi nimstansiya hisoblanadi.

Bunday tipdagi inshootlar anʼanaviy ochiq nimstansiyalarga nisbatan bir qator ustunliklarga ega. Avvalo, ular shahar ichidagi muhitga mos loyihalanadi va hudud arxitektura qiyofasini buzmasdan joylashtiriladi. Shuningdek, bunday nimstansiyalarning shovqin darajasi anʼanaviylariga qaraganda ikki baravar past boʻladi. Bundan tashqari, ochiq turdagi inshootlarga nisbatan uch barobar kam maydon talab qiladi. Bu yangi qurilayotgan Yangi Toshkent kabi murakkab muhandislik konsepsiyasiga ega shaharda juda katta afzallik hisoblanadi.

Prezidentimiz mazkur obyektlar bilan tanishar ekan, ularning texnik imkoniyatlari, iqtisodiy samarasi va Yangi Toshkent uchun strategik ahamiyatini alohida qayd etdi. Loyihaning yanada samarali ishlashi va kelgusidagi bosqichlarini tez hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo