15.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniO‘zining noyob iste’dodi, samarali ijodiy faoliyati bilan zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, xususan, milliy estrada ijrochiligini yangi bosqichga olib chiqishga qo‘shgan beqiyos hissasi, madaniyatimiz shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etish, boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylash borasidagi ulkan xizmatlari, shuningdek, «Yalla» ansambliga asos solib, uni xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli ijodiy jamoaga aylantirgani, yosh iqtidor egalarining qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan «Yalla» ansambli badiiy rahbari Zakirov Farrux Karimovich «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


