icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga

16.04.2026

Qadrli yurtdoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni 18-aprel – O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

O‘z xizmat joyida kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan, fidokorona mehnat qilib, aholi, tashkilot va muassasalarning qulay va zamonaviy sharoitlarda yashashi va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab kelayotgan sizlar kabi mohir muhandis va ishchilar, usta va chilangarlar, mexanik va texnologlar, mutaxassislar va faxriylarga, ko‘pmillatli soha xodimlariga ushbu quvonchli ayyomda chuqur hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni bildirib, chin dildan rahmatlar aytamiz.

Aziz do‘stlar!

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori xalqimiz turmush darajasini oshirishda muhim o‘rin tutib kelayotgan kommunal tizimda ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida uy-joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilgani, ularga davlatimiz tomonidan zarur imtiyoz va kafolatlar berilgani xizmatlar sifatini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, mamlakatimizdagi 45 mingta ko‘p qavatli uyning 90 foizdan ortig‘iga 1 mingdan ziyod ana shunday tashkilotlar xizmat ko‘rsatayotgani, so‘nggi 9-yilda 3 trillion 700 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 51 mingga yaqin uylar ta’mirlanib, 3 ming 500 ta lift yangisiga almashtirilganini ta’kidlash lozim.

Sohada raqamlashtirish jarayonlari jadal olib borilayotgani tufayli salkam 42 mingta ko‘p qavatli uy va 1 million 500 ming nafardan ortiq mulkdorlar “Mening uyim” billing tizimida ro‘yxatga olindi. Bu esa boshqaruv tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita kuzatib, ularning faoliyatini baholab borish imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, 3 ming 400 ta ichimlik va oqova suv inshooti va 42 ming kilometrdan ziyod suv tarmoqlari barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Natijada yurtimizda aholini ichimlik suvi bilan markazlashgan tizim orqali ta’minlash darajasi 2017-yildagi 63 foizdan hozirgi vaqtda qariyb 83 foizga yetdi. Issiqlik ta’minoti sohasidagi keng ko‘lamli ishlar hisobidan qariyb 100 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 1276 kilometr issiqlik tarmoqlari ta’mirlandi va modernizatsiya qilindi.

Ayniqsa, 3 ming 800 dan ziyod ko‘p qavatli uy va 371 ta ijtimoiy obyekt ushbu tizimga ulangani diqqatga sazovordir.

Ayni vaqtda aholimizning hayotiy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi oldida ham ulkan vazifalar turibdi. Jumladan, 2030-yilgacha aholini ichimlik suvi bilan markazlashgan tarmoqlar orqali ta’minlash darajasini 90 foizga yetkazishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, 103 ta qozonxona, 1 ming 600 kilometr issiqlik tarmoqlari barpo etiladi va rekonstruksiya qilinadi. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida va xalqaro moliya institutlari ishtirokida esa 13 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bularning hisobidan markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi hozirgi 37 foizdan 58 foizga yetkaziladi.

Sizlar o‘zingizning bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va tajribangizni safarbar etib, ana shunday ulkan vazifalarni ado etishga munosib hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman.

O‘z navbatida, mamlakatimizda kommunal sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi va xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bundan buyon ham davlatimizning e’tibor markazida bo‘ladi.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda yutuq va omadlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo