icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

16.06.2026

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezesni qabul qildi.

Mamlakatimizda yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini barpo etishga faol investitsiya kiritayotgan AQShning mazkur kompaniyasi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

“Air Products” sanoat gazlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlib, uning bozor kapitallashuvi 60 milliard dollardan oshgan. Kompaniya har yili 50 dan ortiq mamlakatda 200 million tonna sanoat gazlarini ishlab chiqarib, 750 ga yaqin ishlab chiqarish obyektlarini oʻz ichiga olgan tarmoqni boshqaradi.

Ayni paytda kompaniyaning yurtimizga yoʻnaltirgan investitsiyalarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshgan. “GTL Uzbekistan” zavodida sanoat gazlarini qayta ishlash, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida vodorod ishlab chiqarish hamda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida suyuq uglerod dioksidi ishlab chiqarish boʻyicha loyihalar hamda Toshkent va Qarshi shaharlarida taʼlim dasturlari amalga oshirilgan.

Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi yangi loyihalarni amalga oshirishni “yoʻl xaritasi” asosida jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo