Prezidentimiz Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
13.09.2026
Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi.
Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar, vatandoshlarimizning orzu-intilishlari hamda tashrif doirasida bo‘lajak tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Prezidentimiz ularga ish va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, ko‘nikma va tajriba kelgusida mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


