Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
06.10.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.
Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga kompaniya tomonidan Oʻzbekiston energetika tarmogʻida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida batafsil axborot berdi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmogʻini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidan.
Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish boʻyicha rejalar ham koʻrib chiqildi.


